Xitoyda qo‘lga olingan erkak politsiya bo‘limida panjara orasiga boshini tiqib, chiqara olmay qoldi va og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” hikoya qilmoqda.
Rolikda politsiyaning ikki xodimi erkakka yordam berishga urinib, panjarani kengaytirishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Biroq urinishlar naf bermadi va erkak dod solishda davom etdi.
Mahalliy OAVga ko‘ra, jabrdiydani ozod qilishga muvaffaq bo‘lindi. U politsiyaga nima uchun olib kelingani, boshini panjaraga nega suqqani, jarohat olgan yoki yo‘qligi ma’lum emas.
https://youtu.be/EUPGjFPwWYI
Izoh (0)