YouTube’da e’lon qilingan videoda rossiyalik askar tasodifan “BTR-82A” tankini yoqib yuborganini tan olgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Hodisa 2017-yilning may oyida yuz bergan. Safdor askar Semyon Merejnikov mashg‘ulotlar chog‘ida niqoblovchi to‘r va quruq o‘tlar bilan yopilgan tankni payqamasdan, uning yonida gulxan yoqqan. Yuzaga kelgan yong‘in BTRni, shuningdek, qurol va harbiy anjomlarni yo‘q qilgan. Hodisa oqibatidagi zarar 28 million rublni (490 ming dollar) tashkil qilgan.
Sentabr oyida harbiy gornizon sudi askarga olti oylik axloq tuzatish qismiga jo‘natish tarzida jazo bergan.
Izoh (0)