AQShdagi anomal sovuq havo tufayli Shimoliy Karolina shtatining Shalot River bog‘idagi alligatorlar suv bilan birga muzlab qoldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Havo haroratining sovib ketgani bois bog‘dagi suv havzalari ichidagi jonivorlar bilan birga yaxlagan.
Alligatorlar suv yuzasiga tumshuqlarini nafas olish uchun chiqargan holda muzlab qolgan.
Xabarda qayd etilishicha, alligatorlar shu tarzda noodatiy ob-havo sharoitiga moslashadi. Havo harorati isigach, ular eriydi va jonlanadi.
Shimoliy Amerikaning sharqiy qismi sovuq siklondan aziyat chekmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti 26 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)