Namangan viloyati, Chortoq tumani Namangan mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan Adhamjon Ne’matov ayni paytda og‘ir bemor. Uning buyragi qurib qolgan.
Namangan viloyati hokimi yordami bilan Adhamjonni operatsiya qilish uchun ota-onasi 30 million so‘m kredit olib, konvertatsiya qilgach, Hindistonga olib ketgan. Afsuski, bemorga yangi buyrak qo‘yishdan oldin qovug‘ini operatsiya qilish kerak ekan. Oilaning to‘plab borgan mablag‘i birinchi operatsiyaga yetdi, xolos.
Hozir uning onasi Zulfiya opa O‘zbekistonga qaytib kelgan. Buyrak qo‘yish operatsiyasi uchun juda katta mablag‘ talab etilarkan. Otasi bemor o‘g‘li bilan Dehlida intizorlik bilan umidli yangilikni kutib yashamoqda.
“Taqdir ekan, nasib etsa yaxshilar yordami bilan Hindistonga yetib boraman, bolam tuzalib ketgach qarzlarimzni, kreditni uzarmiz nasib etsa. Dunyoda yaxshi insonlar ko‘p. Yordam berishlarini o‘tinib so‘rardim”,—deydi Adhamjonning onasi Zulfiya opa.
Adhamjon Ne’matovga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:
Click/PayMe:8600 0417 3142 2805
Onasi Zulfiya opaning telefon raqami: +998 93 494 64 22
Adhamjon Ne’matovning telefon raqami:+919654192653
Izoh (0)