Ispaniyada kuchli qorbo‘ron bir necha ming avtomobil harakatini qiyinlashtirdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Noqulay ob-havo tufayli o‘nlab yo‘l yopildi, yog‘in oqibatlarini bartaraf etishga harbiylar jalb etildi.
Eng murakkab vaziyat poytaxt Madridni mamlakat shimoli-g‘arbi bilan bog‘lovchi A-6 va AP-6 trassalarida yuzaga keldi. 4 mingga yaqin haydovchi tunni yo‘llarda o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Ispaniyaning 30 ta provinsiyasida kuchli qor takrorlanishi ehtimoli tufayli xavfning yuqori darajasi joriy etildi.
Izoh (0)