11—12 va 14-yanvar kunlari Qamchiq dovonida bo‘ronli ob-havo kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, dovon hududi hamda “Toshkent—O‘sh” A-373 avtomobil yo‘liga qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli tuman tushib, ko‘rish chegarasini 50—100 metrga qadar cheklashi kutilmoqda. Shamol tezligi esa 22—25 metr/sekundga yetadi. Yo‘llarda qor uyumlari va muzlamalar paydo bo‘lishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilangan muddatlarda Qamchiq dovoni bo‘ylab avtotransportlarda yo‘lga chiqishmaslikni tavsiya qildi.
Izoh (0)