O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi chiqishi chog‘ida pullarini xorijda saqlayotgan tadbirkorlarni o‘z mablag‘larini O‘zbekistonga olib kelib, foydali ishlarga sarflashga chaqirdi. Prezidentning sessiyadagi nutqidan lavhalar “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi.
Hozir bir-ikki tadbirkorlarning puli chet elda yuribdi... Men shuni baralla aytyapman, hamma eshitsin: pulini O‘zbekistonga qo‘ygan birorta odamni tekshirtirmayman!Pullaringni olib kelinglar, korxonalar, zavodlar quringlar, klasterlar qilinglar, necha million dollar ishlasalaring ham ishlanglar. O‘tgan zamon tugadi, bo‘lgan ish o‘tdi endi.
Olib kelinglar pullaringni — millatimizni ish bilan ta’minlaylik.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)