Buxoro viloyati Gurbunchi qishlog‘i Otbozor mahallasida yashovchi Ahmad Halimov va Matlabxon aya xonadoniga bir guruh oddiy askarlar tashrif buyurdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askarlar Mahammadjon Tolipov, Fayozjon Shodmonov, Murodjon Aliyev, Mirfozil Farhodovlar xonadon sohiblari, mahalla oqsoqoli va yoshlar bilan suhbatlashdi.
Askarlar yoshlarga armiyadagi shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi.
Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilarning tashrifi viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Izoh (0)