Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bo‘lgani va bemorlar holidan xabar olgani haqida avvalroq ma’lum qilingandi. Shifoxonaga uyushtirgan tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti bir yilda ikki bolasidan ayrilgan, uyida nogiron farzandi bo‘lgan bemor Zulayho Aliyeva bilan suhbatlashib, uning turmush sharoiti, oilasidagi ahvol bilan qiziqdi, deb xabar qiladi Prezident matbuot xizmati.
Tuman shifoxonasining kardiologiya bo‘limida davolanayotgan Zulayho Aliyeva bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev bemorni Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, ushbu oilaga uch xonali yangi uy ajratiladigan bo‘ldi.
Izoh (0)