O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatdagi iqtisodiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasalari bilan birgalikda moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar va talabalardan nomzodlar zaxirasini yaratish borasida ishlarni boshlab yubordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yoshlar ittifoqining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan e’lonlar asosida moliya organlarida ishlash istagini bildirgan 3,1 mingdan ortiq yigit-qiz orasidan 490 nafari saralanib, Moliya vazirligiga tavsiya etildi.
Shuningdek, vazirlikning Yoshlar yetakchilari kengashiga ham sohada ishlashni maqsad qilgan 90 dan ortiq yoshning hujjatlari kelib tushdi.
Ayni kunlarda Moliya vazirligi tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini zamonaviy ko‘nikmalar, innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)