“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bayram kunlarida oʻzbekistonliklar mamlakat boʻylab sayohat qilishi, Buyuk Ipak yoʻli shaharlaridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalana olishi uchun mahalliy yoʻnalishlarda 50 foizgacha chegirmalarni kiritadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi, deb ma’lum qiladi O‘zA.
MAKning respublika ichidagi barcha qatnovlariga 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar quyidagi chegirmalar ishlab chiqildi:
40 foiz — sayyohlik guruhlari uchun (5 va undan ortiq kishi), 6 dan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar; litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun;
50 foiz — oilalar uchun (2 va undan ortiq kishi), bolalari bilan uchadigan ota-onalar uchun.
Izoh (0)