Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 28-dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan ishlar davomida jami 2388 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, 17 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 5 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 4 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 26 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 210 ta odam tashish qoidalarini buzish, 70 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 3 ta bo‘ysunmaslik, 767 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.
Jami 43 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Izoh (0)