2017 yilning 9—28-dekabr kunlari poytaxtda 45 jinoyat “izi yo‘qolmasdan” fosh qilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.
Bir oy davomida qidiruvda bo‘lgan 130 jinoyatchi qo‘lga olindi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bedarak yo‘qolgan 37 shaxs aniqlanib, yashash manziliga qaytarildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 40626 qoidabuzarlik aniqlanib, tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Oy davomida 125 yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Tekshiruvlar davomida 195 yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish holati aniqlanib, javobgar shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Izoh (0)