Amerikaning Apple korporatsiyasi rahbariyati eski iPhone modellari ishining tezligi ataylab pasaytirilgani uchun iste’molchilardan uzr so‘radi, deb yozadi “TASS”. Kompaniyadagilar boshqa hech qachon bunday qilmaslikka va’da berdi.
Shu bilan birga, kompaniya smartfonlarga o‘rnatilgan akkumulyatorlar vaqt o‘tishi bilan o‘z quvvatini yo‘qotishini aytdi. To‘satdan o‘chib qolishlar oldini olish uchun iOS operatsion tizimiga o‘zgarishlar kiritilgan, ular muayyan vazifalar bajarilishini sekinlashtirib qo‘ygan.
“Ba’zilaringiz Apple’ni ishonchingizni oqlamaganlikda ayblashingizni bilamiz. Biz kechirim so‘raymiz”, — deyishdi Apple’dagilar.
Izoh (0)