WhatsApp messenjeri 2018-yildan boshlab BlackBerry OS (shu jumladan BlackBerry 10), shuningdek, Windows Phone 8.0 ni qo‘llab-quvvatlashni rasman to‘xtatadi, ular uchun oxirgi kun 31-dekabr bo‘ladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
WhatsApp ushbu platformalarda ishlashda davom etsa-da, foydalanuvchilar yangi akkauntlarni yarata olmaydi yoki mavjud akkauntlarni qaytadan ishga tushira olmaydi. Shuningdek, kompaniya ta’kidlashicha, uning dasturi har qanday lahzada ushbu operatsion tizimlarda ishlashdan to‘xtashi mumkin.
So‘nggi bir necha oy ichida WhatsApp bir nechta yangi funksiyalarni taqdim etdi (masalan, begona qurilmalardan xabarlarni o‘chirish, yangi ovozli funksiyalar, shuningdek, administrator sifatida kirish va boshqalar). Ammo eski platformalar yangi imkoniyatlar bilan maqtana olmaydigan ko‘rinadi, chunki dastur BlackBerry va Windows Phone uchun yangilanishdan to‘xtaydi.
Izoh (0)