Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi o‘rinbosari Boriy Alixonov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Qosim-Jomart Tokayev bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.
Qozog‘iston Senati raisi O‘zbekistonni Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi muhim strategik sherigi deb atadi.
U prezidentlar Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevning mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
“Qozog‘iston va O‘zbekistonning yaqin hamkorligi va muvofiqlashtirilgan harakatlari ko‘p jihatdan butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlikka ta’sir qiladi”, — dedi Tokayev.
O‘z navbatida Boriy Alixonov turli sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning olg‘a qarab siljish xususiyatini yuqori baholadi.
Uning fikricha, parlamentlar davlatlar rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Izoh (0)