Suriya armiyasi va maxsus xizmatlar xodimlari 100 kishi, jumladan, jangarilar va ularning tarafdorlarini qabul qildi. Ular xalq yarashuvi dasturi doirasida rasmiylarga taslim bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Oralarida jangarilar va ularni qo‘llab-quvvatlagan fuqarolar bo‘lgan 100 kishi Manbij tumanidagi ‘Taygxa’ nazorat-o‘tkazish punktidan hukumat qo‘shinlari nazoratidagi hududga o‘tdi. Hozir maxsus xizmatlar xodimlari ularning maqomini belgilash borasida shug‘ullanmoqda”, — dedi agentlikning Aleppo ko‘ngillilaridagi manbasi.
Manbaga ko‘ra, 10 nafar fuqaro Dayr az-Zavr, qolgan 90 kishi, jumladan, Suriya armiyasining iste’fodagi zobiti Manbij atrofidan kelgan.
Izoh (0)