• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekspert: Orolni tiklash uchun Jizzaxdagi katta ko‘llar tizimi suvi quyilishi kerak

    Ko‘p yillardan buyon qishloq xo‘jaligi sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan davlat arbobi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibragimovni xalqimiz Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanib kelayotgan olim sifatida yaxshi taniydi. Yetmish yoshni qarshilagan el oqsoqoli – tinib-tinchimas odam. U juda band inson bo‘lishiga qaramasdan, Qoraqalpog‘iston axborot agentligi sharhlovchisi bilan ilmiy yangiliklarini bo‘lishishga rozi bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Maqsud Yuldashevich, Orol fojiasi natijasida birinchi navbatda xalqimiz, so‘ngra butun dunyo jabrlanayotgani bot-bot takrorlanib kelinmoqda. Uning oqibatlarini yengillashtirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar olib borildi. Xo‘sh, ahvol o‘zgardimi? 

    – Birinchidan, Orol dengizining suvi tortilib, qurigan qismida yangi tuproq qatlamining paydo bo‘lish jarayoni ketmoqda. Tabiiy tarzda o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqmoqda. Demak, qurib qolgan maydonlar zaharli chang-to‘zonlardan tozalanib, bu yerdagi tuproq hosildorligi ortmoqda. Ikkinchidan, hozirgi paytda suvsizlanib qolgan maydonlarda yuz minglab gektar yerlarga o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘simliklar (saksovul, qandim va hokazo) ekilib, o‘rmonlar barpo etilmoqda. Orol dengizining 5,5 million gektar maydonidagi qurib qolgan yerlarning kamida 3,5 million gektar yerida tabiatning kuchi bilan o‘t-o‘lanlar o‘sib ketsa, bu yerlarda ulkan yaylov maydonlari paydo bo‘lishi mumkin.

    Hozirgi paytda ekologik vaziyatlar sababli Qizilqum va Ustyurt yaylovlarining tabiiy hosildorligi kamayib bormoqda. Shu sababli dengizning suvsiz maydonlarini chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalanish kelajakda dolzarb muammoga yechim bo‘la olar edi. Bu choralar uzluksiz amalga oshirilsa, hududdagi ekologik ahvol ham yaxshilanishi kutilmoqda.

    – O‘t-o‘lan o‘smaydigan yerlarda chang-to‘zon hali ham ko‘tarilishda davom etmoqdami? 

    – Buning ham chorasi topildi. Yaqinda Qoraqalpoq davlat universitetining Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi doktoranti Maxmud Allamuratov ilmiy yangilik – dengizning o‘simlik o‘smaydigan qumli yerlarida qumlarning ko‘chishini to‘xtatish uchun sepiladigan (purkaladigan) kimyoviy birikmani ixtiro qildi. “Amu 1”, “Amu 2” nomi berilgan ushbu birikmalar qumning yuzasini 8 millimetr qalinlikda qotirib tashlaydi. Har yomg‘ir yog‘ishi birikmaning mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

    – Orol dengiziga suv olib kelishning imkoni bor ekan. Siz yaqinda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada shu masalani ko‘targan edingiz. Demak, dengizni to‘ldirish mumkin, shundaymi? 

    – Jizzaxda katta ko‘llar tizimi bor. 1969-yili Sirdaryo suvining to‘lib, 21 kub kilometr suvning qirg‘oqlaridan chiqib ketishi natijasida paydo bo‘lgan ushbu Aydar-Arnasay ko‘llar tizimi hozir Qizilqumni botqoqlikka aylantirmoqda. Chunki, 1993-yildan buyon bir necha bor Sirdaryoning ortiqcha suvi shu ko‘llarga quyilib, ko‘llar tizimining maydoni yildan-yilga kattalashib bormoqda. Uning suvini bekorga cho‘lga oqizib yuborilgandan ko‘ra, Orol dengiziga quyishning chorasi ko‘rilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bundan, albatta, dengiz to‘lib qolmaydi, lekin uning minerallashuv (tuz ko‘lamining ortishi) darajasining pasayishiga xizmat qiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Nima sababdan Sirdaryoning suvi hali ham bu ko‘llar tizimiga kelib quyilmoqda? 

    – Sirdaryoning suvi Qozog‘iston tomondagi dambadan to‘liq o‘tmaydi. Dambadan suvning hammasi o‘tib ketishi hisobga olinmagan. 1969-yili bu ko‘llarning umumiy maydoni 2 ming 175 kvadrat kilometrni tashkil qilgan bo‘lsa, hozir 4 ming kvadrat kilometrdan ortib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 200 ming gektar yaylovlar suv ostida qolgan, suv quduqlari, baliqchilarning yashash joylari yuvilib ketgan, Qizilqum cho‘lini botqoqlik egallab bormoqda. Hozir bu ko‘llardagi suv yuzaga kelgan vaqtdagidan 3 barobar ko‘payib ketdi. Bundan tashqari yer osti suvlarining, kollektor-drenaj suvlarining ham shu yerga to‘planishi ko‘llar tizimining tuzlanish darajasini yanada orttirmoqda.

    – Aydar-Arnasay ko‘llar tizimi Orol dengizi tomon yo‘naltirildi ham deylik. Keyin shu yerda baliqchilik bilan kun kechirayotgan xalqning ahvoli qanday bo‘ladi, shuningdek, ko‘llardagi baliqlar, tirik jonzotlarga nima bo‘ladi? Bu jarayon shu hududdagi iqlimning o‘zgarib ketishiga olib kelmaydimi? 

    – Ilgari ham aytganimdek, ko‘llarning maydoni ortgani sari ko‘plab yaylovlar, qamishzorlar va o‘rmonlarni suv bosib bormoqda. “O‘zgidromet”ning, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi baliqchilik Markazining o‘tkazgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, suv ostiga cho‘kkan qamishlar bilan daraxtlar ko‘llarning tubida chirib, serovodorod qatlamini paydo qilmoqda. Bu qatlam ko‘llardagi barcha jonzotlarning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, 3 metr chuqurlikda zaharli ammoniy azoti borligi, ayrim joylarida umuman kislorodning yo‘qligi aniqlangan.

    Nima bo‘lganda ham, suv sathining bundan ham ko‘tarilishi (hozir maksimal ko‘rsatkichga yetgan – dengiz sathidan 275,5 metr baland) Markaziy Osiyoning qoq markazida ekologik falokatning yuz berishiga olib keladi. Chunki ko‘llardagi tuzlarning ko‘tarilishi va Tyan-Shan muzliklariga tushishi natijasida ular jadal tarzda erishni boshlaydi. Shu ko‘llarga yaqin masofada joylashgan zaharli kimyoviy moddalar saqlanib kelayotgan joylar, qum barxanlari suv tagida qolishi ehtimoldan holi emas. Suvning ko‘tarilib-qaytishi elektr uzatish liniyalarining ko‘pchiligini suv ostida qoldirmoqda. Shuning uchun ko‘pchilik ferma va aholi yashash punktlari elektrsiz qolmoqda.

    Aydar-Arnasay ko‘llari akvatoriyasining ko‘pchilik bo‘lagi baliq ovlash uchun foydalanilmaydi. Davlat bionazorat tomonidan tayyorlangan hisobotda ko‘llarni ijaraga olgan Jizzax viloyatining fermerlari tomonidan ko‘llar tizimining faqatgina 41,1 foizi foydalanilayotgani aytilgan. Ijarachi-fermerlarning ko‘pchiligi ovlangan baliq sohaga sarflanayotgan xarajatni qoplamasligini aytib, faoliyatini to‘xtatmoqda. Tadqiqotlar har biri 50 metrlik 30 to‘rga 20-25 kilogramm baliq tushishini ko‘rsatdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitning va tabiiy resurslardan foydalanishning ahvoli to‘g‘risida”gi milliy bayonnomasida aytilishicha, agar Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga har yili toza suv kelib quyilmasa, minerallashuv darajasi ko‘tarilib boradi va suv havzasi ikkinchi Orolga aylanib qoladi.

    Professorning fikricha, janubiy Orolbuyi hududlaridagi ekotizimda yuz berayotgan hodisalarni, ekobiologik jarayonlarni mukammal o‘rganadigan vaqt kelgan.

    M.Pirnazarova,
    Qoraqalpog‘iston axborot agentligining sharhlovchisi

    28.12.2017, 10:00   Izoh (0)   25150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2018-yili O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi yarim mlrd dollarga yetkaziladi

    28.12.2017, 09:21

    “Koinot go‘zali 2018”ning o‘zbekistonlik ishtirokchisi 10 yil avval Toshkentdagi birinchi go‘zallik tanlovida qatnashgan (foto)

    28.12.2017, 09:08

    O‘zbekiston Prezidenti Ibrohim G‘afurovni 80 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

    28.12.2017, 08:48

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

    27.12.2017, 23:33

    Saranskda o‘zbekistonlik ishchi 12-qavatdan quladi

    27.12.2017, 22:54

    Toshkentda bir kunda 122 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish holati qayd etildi

    27.12.2017, 22:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya 23-iyul kuni Turkiyada tinchlik muzokaralarini o‘tkazadi

    Dunyo | 22 iyul, 08:41

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.