Rossiyaning Saransk shahridagi qurilish maydonlaridan birida baxtsiz hodisa ro‘y berdi —o‘zbekistonlik 22 yoshli ishchi 12-qavatdan quladi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
U ko‘plab jarohatlar olgani, jumladan, umurtqasi singani, biroq omon qolgani bildirilmoqda.
Guvohlarga ko‘ra, hodisa yuz berganidan so‘ng o‘sha zahoti jabrdiyda shahar kasalxonasiga olib ketilgan.
Izoh (0)