Samarqand shahrida ilk bor “Yangi yil otkritkalarining mo‘jizaviy dunyosiga sayohat” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Bu haqda Samarqand shahar Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘rgazma Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi Esperanto millatlararo do‘stlik to‘garagi tomonidan tashkil etdi.
Ko‘rgazmadan dunyoning turli burchaklaridan Yangi yil bayrami munosabati bilan to‘garak ishtirokchilariga 60 dan ortiq mamlakatdan yuborilgan mingdan ziyod otkritkalar o‘rin egallagan.
Ko‘rgazma 2018-yilning 12-yanvarigacha yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etadi.
Izoh (0)