2017-yili Meksikada qotilliklar soni bo‘yicha tegishli statistika yuritilayotgan 20 yil ichida rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Joriy yil 11 oyida mamlakatda 23101 qotillik sodir etildi.
Meksikada oxirgi o‘n yillikda, 2006-yili sobiq prezident Felipe Kalderon narkomafiyaga qarshi urush e’lon qilganidan so‘ng zo‘ravonliklar keng tus oldi. O‘shandan beri narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlarda 190 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)