Rossiyaning bir necha shaharlaridagi tashabbuskor guruhlar 24-dekabr, yakshanba kuni siyosatchi Aleksey Navalniy nomzodini mamlakat prezidentligiga ilgari surdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Tashabbuskor guruhlar yig‘ilishi mustaqil nomzodlar uchun majburiy shart hisoblanadi.
“Saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan rasman nomzod bo‘ldim. Mamlakatning barcha hududlaridagi bunda ishtirok etganlarga minnatdorlik bildiraman”, — degan yozuv qoldirdi Navalniy Twitter’dagi sahifasida.
Endi u Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim etishi lozim. Navalniy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan taqdirda saylovchilarning norozilik aksiyalari bilan tahdid qildi.
Izoh (0)