O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘lladi. Prezident murojaati “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.
Yig‘ilish davomida Prezident Oliy sud rahbariyatiga ham alohida murojaat etib, ularning faoliyatidan mutlaqo norozi ekanligini ma’lum qildi.
“Bizda eng katta vabo — sudlarda... Korrupsiya degan baloning hidi boshqa. Unga hamma ham bas kela olmaydi. Millatni sevgan odamgina bas kela oladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)