O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga yo‘llagan Murojaatnomasida xorijiy kreditlar samarasiz ishlarga sarflanayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zA.
Eng yomoni, istiqbolli yirik loyihalarni belgilash va amalga oshirishda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, xorijiy kreditlar samarasiz ishlarga sarflanyapti. Masalan, Qoraqalpog‘istonda barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kutilgan iqtisodiy samarani bermayapti. Bunday achinarli holatni xalqimizning eng o‘tkir ehtiyojlari bilan bog‘liq ijtimoiy dasturlarda ham ko‘rish mumkin. Misol uchun, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida oxirgi 10 yilda 17 loyiha doirasida 618 million dollardan ziyod xorijiy kreditlar jalb etildi. Biroq boshlangan loyihalarning ko‘pchiligi oxiriga yetkazilmadi. Ichimlik suvi qancha-qancha odamlar uchun hali ham shirin orzuligicha qolmoqda.O‘zbekiston Prezidenti xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha samarali tizim yaratishni, har bir kreditni aniq ishlatishda yetti o‘lchab, bir kesish tamoyiliga qat’iy amal qilish zarurligini ta’kidladi.Shavkat Mirziyoyev
Izoh (0)