O‘zbekiston Prezidenti 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasini taqdim etdi. Prezidentning chiqishi “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishi davomida aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning 70 foizi xotin-qizlardan ekanini aytib, joylarda ayollarning ahvoli juda og‘irligini alohida ta’kidladi.
Ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari soni yil davomida emas, soat sayin oshyapti. Soat sayin! Qani Xotin-qizlar qo‘mitasining bu boradagi bir taklifi?Qo‘mitada Norboyeva boshchiligidagi o‘tirganlar statistikachi emas-ku! Ular o‘z taklifini berishi, nega shunday bo‘lgani, bunga kim aybdorligi haqida bong urishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)