Niderlandiya rasmiylari Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining viza olishga so‘rovini qondirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
De Telegraaf nashrining Niderlandiya xavfsizlik va adliya vazirligidagi manbasi mazkur ma’lumotni tasdiqladi. Hozirda na Gruziya, na Ukraina fuqaroligiga ega siyosatchiga mamlakatning Kiyevdagi elchixonasi viza berganini bildirdi.
Saakashvili o‘z so‘rovini oilasi bilan birlashish zaruriyati bilan izohladi. Uning turmush o‘rtog‘i Sandra Rulofs Niderlandiya fuqarosi hisoblanadi.
Izoh (0)