Tailandning Pattayya shahridagi hayvonot bog‘ida dressirovkachilar (hayvonlarni o‘rgatuvchilar) yo‘lbarsni tayoq bilan kaltaklab, jonivorni sayyohlar yaqinlashgan vaqtda kameraga qarab o‘kirishga majbur qilmoqda. Bunday holat aks etgan videoni tashrifchilardan biri Facebook’ka joyladi.
“Bugun Pattayyada yovvoyi hayvonlarga nisbatan dahshatli munosabat guvohi bo‘ldim. Bu yo‘lbars har kuni, kuniga yuzlab marta tayoq bilan savalanadi”, — deb yozdi video muallifi, Tailand yovvoyi tabiat do‘stlari jamg‘armasi asoschisi Edvin Vik.
Hayvonot bog‘i xo‘jayini yo‘lbarsni nazorat qiluvchi xodim boshqa ishga o‘tkazilganini aytdi. “Hayvonot bog‘i egasi jonivorlarni yaxshi ko‘radi va xodimlarning ularni kaltaklashiga ruxsat bermaydi”, — dedi muallif.
Izoh (0)