Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2017-yilning 25-dekabrida boshlanib, 2018-yilning 8-yanvarigacha davom etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘z navbatida, Toshkent shahar hokimiyatining saytida bayram tadbirlari 27-dekabrdan boshlanishi aytildi.
Bayram tadbirlari poytaxtning “Mustaqillik va ezgulik maydoni”da , Shayxontohur va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida joylashgan “Navro‘z” bog‘i hududidagi maydonda, Shayxontohur tumanidagi “Lokomotiv-Anhor” bog‘idagi maydon va Xadra maydonida, Chilonzor tumanidagi Roison Electonics korxonasi oldidagi maydonda, Yashnobod tumanidagi “Do‘stlik” bog‘idagi maydonda, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Ekobog‘” oldidagi maydonlarda, Sergeli tumanidagi “Baxt Diyor” guzari oldidagi maydonda, Bektemir tumanidagi “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)