Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi, hech joyda ishlamaydigan, muqaddam sudlangan, 1980-yilda tug‘ilgan J.S. faoliyati taqiqlangan “Turkiston islom harakati” diniy terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumondor sifatida qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zA.
Surishtiruv davomida u Afg‘oniston va Suriyada “jihod” amallarini bajarishni targ‘ib etish bilan shug‘ullanuvchi diniy oqimlardagi terrorchi tashkilotlar faoliyatida ishtirok etib kelgani aniqlandi.
Viloyat IIB matbuot guruhining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)