O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan O‘zbekistonning Gruziyadagi favqulodda va muxtor elchisini tayinlashga oid masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Masalani atroflicha ko‘rib chiqqan senatorlar Sherzod Fayziyevni O‘zbekistonning Gruziyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash bo‘yicha qaror qabul qildi.
Bungacha Sherzod Fayziyev O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)