21-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Moliya vaziri: “Inflyatsiya darajasi bu yil ham, kelasi yil ham yuqori bo‘ladi”. Uning ta’kidlashicha, Prezident kutilayotgan inflyatsiya darajasi haqida ochiq gapirish haqida topshiriq bergan.
2. Po‘lat Bobojonov Senat majlisida joriy yilda O‘zbekistonda sodir etilgan jinoyatlar 2016-yilgiga nisbatan pasayganini ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirining aytishicha, bu yil 1 079 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmagan.
3. Toshkent shahrida Yangi yil bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, yo‘l-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
4. “Bundaylarning kasriga begunohlar o‘lib ketadi”. Toshkentdagi tunnelda qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtomobil. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qoidabuzarlar ma’muriy qamoqqa joylashtirilgan.
5. Abramov erkin fikri uchun emas, ish faoliyati to‘liq o‘rganib chiqilganidan so‘ng futboldan chetlashtirilgani aytildi. Bu haqda O‘FF vitse-prezidenti Shoakram Isroilov ma’lum qildi.
Izoh (0)