O‘FF vitse-prezidenti Shoakram Isroilov millionlar o‘yinidan nomuayyan muddatga chetlatilgan Vadim Abramov masalasiga oydinlik kiritdi. “Championat.asia” jurnalistlari buning sabablarini bilish uchun O‘FFga borganida, ularni vitse-prezident hamda PFL bosh direktori Omon G‘ofurov qarshi olgan.

Foto: “Championat.asia”

Abramov O‘FFdagi o‘zgarishlarga qarshi noo‘rin fikrlar bildirishdan charchamadi. Uning chetlatilishi yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisdagi gaplari bilan bog‘liq emas. Vadim Abramov “balki majlisdagi gaplarim ularga yoqmagan bo‘lsa kerak”, — deb intervyu beribdi. Aslida unday emas. Abramov bir necha bor OAVda chiqish qilib, O‘FF qilayotgan o‘zgarishlarga qarshi ekanini ko‘rsatdi.

Shoakram Isroilov, O‘FF vitse-prezidenti

O‘FF hakamlardan keyin murabbiylarga yetib keldi va Vadim Abramovni futboldan noma’lum muddatga chetlatdi

Isroilovning so‘zlariga ko‘ra, Abramov faqatgina aytganlari uchun chetlatilgani yo‘q. Bunda boshqa masalalar ham. Jurnalistning biror bir mutaxassisni bu yo‘sinda chetlashtirish, qolganlarning og‘zini yopish uchun emasmi, bundan keyin qolganlar fikr bildirishdan qo‘rqib qolmaydimi tariqasida bergan savollariga vitse-prezident inkor ma’noli javob bergan. Ya’ni, bu ish qolganlarning og‘zini yopish uchun qilinmagan.

Vadim Abramov futboldan chetlatilganini jurnalistlar orqali bildi. U endi O‘FFdan tushuntirish so‘ramoqchi

Abramovning ish faoliyatini to‘liq o‘rganib chiqdik, ba’zi kamchiliklar, ishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rdik. Bu shunchaki o‘tirib olib qabul qilingan qaror emas. Abramovning faoliyatiga doir ko‘plab ma’lumotlar bor bizda. Hammasini chuqur o‘ylab, tahlil qilib, uni nomuayyan muddatga chetlatdik. Futbolni yaxshi tushunsa, kerakli maslahatlari bo‘lsa, nega kelib biz bilan bo‘lishmadi? Bizning eshigimiz ochiq har doim ochiq.

Shoakram Isroilov, O‘FF vitse-prezidenti

Foto: Getty Images

Vadim Abramov e’tirozini OAV orqali bildirib, xato qilgan. Aybini tan olsa, O‘FF uni kechirishi mumkin

O‘FF prezidentining yordamchisi ko‘plab ma’lumotlar nimalardan iborat ekaniga oydinlik kiritmagan. Shuningdek, xato va kamchiliklar aynan qaysi davrga to‘g‘ri kelishi masalasi ham ochiq qolgan. Qayd etish kerak, 55 yoshli Abramov 2010—2012-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga boshchilik qilgan.