Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampga, shuningdek, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyliga BMT Xavfsizlik kengashidagi ovoz berish jarayonida Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishiga qarshi rezolyutsiyaga qo‘yilgan veto uchun minnatdorlik bildirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Rahmat, doimiy vakil Xeyli. Xanukada siz Makkavey kabi gapirdingiz. Siz haqiqat shamini yoqdingiz. Soyalarni chekintirdingiz. Bir kishi ko‘pchilikni yengdi. Haqiqat yolg‘onni yengdi. Rahmat, prezident Tramp”, — deb yozdi Netanyaxu o‘z Twitter’ida.
Avvalroq AQSh BMT Xavfsizlik kengashida Misrning Quddus Isroil poytaxti deb tan olinishiga qarshi rezolyutsiyasi loyihasini bloklab qo‘yish uchun veto huquqidan foydalangan edi.
Izoh (0)