Xitoy sudi o‘n kishini o‘lim jazosiga hukm qildi: ulardan yetti nafari giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqador bo‘lgan, boshqalari esa qotillik va o‘g‘irlikda ayblangan. Jazolarni e’lon qilish Guandun provinsiyasidagi standionda bir necha ming tomoshabin oldida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Tadbirdan to‘rt kun avval mahalliy aholi rasmiy ogohlantirish bilan unga taklif qilingan edi. Ogohlantirish ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan. Mahalliy OAVlarning xabariga ko‘ra, taklif qilinganlar orasida maktab formasidagilar ham bo‘lgan.
Aybdorlar sadionga politsiya mashinasida olib kelingan. Hukm e’lon qilinganidan so‘ng ular qatl etilgan.
Izoh (0)