AQShning Vashington shtatida 18-dekabr, dushanba kuni Amtrak kompaniyasi tezyurar poyezdi ko‘prikdan qulashi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Avariya Takoma shahri janubidagi temiryo‘l tarmog‘ida ro‘y berdi. Sietldan Portlendga yo‘l olgan Cascades tezyurar poyezdining bir necha vagoni izdan chiqib ketdi va I-5 avtoshossesida ko‘prikdan quladi.
Poyezd temir yo‘l tarmog‘ining yangi qismida birinchi qatnovni amalga oshirayotgandi. Uning tezligi soatiga 128 kilometrga yetgani taxmin qilinmoqda. Tarkibda mashinistlar bilan birga hisoblaganda 83 kishi bo‘lgan.
Vashington gubernatori Jey Insli shtatda favqulodda holat tartibini joriy etdi. Rasmiylar avariya oqibatida necha kishi halok bo‘lgani va jarohatlanganiga aniqlik kiritmoqda.
Izoh (0)