NASA Google’ning sun’iy intellekti yordamida Kepler-80 va Kepler-90 yulduz tizimlarida ekzosayyoralarni aniqladi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Kepler” teleskopi bilan ishlash chog‘ida neyrotarmoq yulduzlar yorqinligining o‘zgarishi bo‘yicha sayyoralarni topishni o‘rgangan. Yorqinlikning o‘zgarishi sayyoralarning yulduzlar orasidan o‘tishi natijasida yuzaga keladi.
Olimlar avvalroq Kepler-90 tizimida yettita sayyorani topgan, neyrotarmoq esa sakkizinchisini aniqlagan. U yulduzdan uzoqligi bo‘yicha uchinchi bo‘lib, uning atrofini 14,4 kunda aylanib chiqadi. Bu Quyosh tizimidan keyingi sakkizta sayyoraga ega insoniyatga ma’lum ikkinchi tizim hisoblanadi, deyilgan NASA’ning xabarida.
Neyrotarmoq tufayli Kepler-80 tizimda oltinchi sayyorani topishga muvaffaq bo‘lingan.
Olimlarning ta’kidlashicha, neyrotarmoq “Kepler” teleskopining ma’lumotlarini o‘rganish chog‘ida kamdan-kam adashadi.
Izoh (0)