NASA Yupiter shimoliy yarim sharidagi bulutlar fotosini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kadr Juno koinot kemasi tomonidan bulutlarning yuqori qatlamidan 18906 kilometr uzoqlikda olingan. Taqqoslash uchun, Nyu-York va Avstraliyani taxminan shuncha masofa ajratib turadi.
Tasvirni to‘liq o‘rganish uchun tadqiqotchilar uni ko‘k filtr orqali o‘tkazdi. O‘lcham bir pikselga 12 kilometrni tashkil etdi.
Izoh (0)