Xalqaro kosmik stansiya (XKS)da maxsus sayyohlik moduli tashkil etiladi. Bu haqda Rossiyaning “Energiya” raketa-koinot korporatsiyasi bosh direktori Vladimir Solnsev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Bu — yuqori darajada shinam, 4—6 kishiga mo‘ljallangan, ikki hojatxonasi, illyuminatorlari odatdagidan ko‘ra kattaroq bo‘lgan, koinotdagi sayohat vaqtda zarur boshqa qulayliklarga ega modul bo‘ladi”, — dedi Solnsev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lma uchun hozirgi vaqtda XKS uchun tayyorlanayotgan ilmiy-energetik modul shakli asos qilib olinadi.
“Energiya” korporatsiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, yiliga olti nafardan sayyoh uchirilsa, bunday bo‘lma yetti yildan o‘ziga sarflangan pulni oqlaydi. Ayni vaqtda, bo‘lmaning tayyorlanishi qanchaga tushishi ma’lum qilinmayapti.
Qayd etish joiz, 2001-yildan 2009-yilga qadar XKSda jami yetti nafar kosmik sayyoh mehmon bo‘lgan.
Izoh (0)