4-dekabrdan 17-dekabrga qadar Yer ustidan Geminid meteorlar oqimi uchib o‘tadi. U joriy yildagi so‘nggi oqim hisoblanadi va “katta uchlik” yulduzlar oqimi tarkibiga kiradi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, meteorlar oqimi 13—14-dekabr kunlari yanada faollashadi.Geminidlar o‘z nomini yorqin oqimlar joylashgan “Egizaklar” (Gemini) yulduzlar turkumi nomidan olgan. Bu eng “boy” yulduzlar oqimi hisoblanadi, unda bir soat ichida 100 dan ortiq meteorlarni kuzatish mumkin.
Geminidilar o‘zining yorqinligi bilan ajralib turadi, ularning oqimi Yerga qarab uchmaydi, balki tezligi past bo‘lganligi uchun unga yetib olishga harakat qiladi.
Boshqa meteorlar oqimidan farqli jihati — Geminidlarning ajdodi kometa emas, balki yulduzlar changini tarqatuvchi Faeton asteroidi hisoblanadi.
Izoh (0)