Hindistonda Madxya-Pradesh shtatining qotillikda gumon qilinayotgan baxt vaziri qidirilmoqda, deb yozadi New York Post. Sud uni hibsga olish uchun order berdi.
“Uni politsiya qidirmoqda. Ishonchimiz komilki, uning izidan tusha olamiz”, — dedi mahalliy hukumat.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Lal Singx Arya 2009-yilda muxolifatchi siyosatchilardan birini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu ish tafsilotlariga aniqlik kiritilmayapti.
Madxya-Pradesh baxt vazirligi tashkil qilingan birinchi shtatdir. Unda 70 millionga yaqin kishi yashaydi. Arya 2016-yilda vazir bo‘lgan edi.
Izoh (0)