Fransiya janubida, Perpinyan shahri yaqinida poyezd va mashg‘ulotlardan so‘ng o‘quvchilarni uylariga tarqatayotan maktab avtobusi to‘qnashdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi.
20 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.
To‘qnashuv temir yo‘l kesishmasida ro‘y berdi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)