Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putin undan qo‘rqishi haqidagi fikrni bildirdi. Bu haqda u Rossiya yetakchisi katta matbuot anjumanida uning shaxsini tilga olgach, Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“U mendan nafratlanadi va o‘lguday qo‘rqadi”, — deya ishonch bildirdi Saakashvili.
Shuningdek, siyosatchining fikricha, uning uch kunlik hibsga olinishi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ukraina Xavfsizlik xizmati qo‘shma faoliyatining natijasi bo‘lgan. “Menga ishoning, bunday bayonotlarni shunchaki havodan olmaslik uchun menda tajriba yetarlicha”, — dedi u.
14-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan katta matbuot anjumanida Vladimir Putin teleboshlovchi Kseniya Sobchakning bo‘lg‘usi prezident saylovlaridagi muxolifat raqobati haqidagi savoliga javob berdi. Davlat rahbari muxolifat hokimiyat tepasiga aniq bir dastursiz kelsa, bu Rossiyada Maydonlar bo‘lishiga, ko‘chalarda esa saakashvililar yugurib yurishiga olib kelishini aytdi.
Izoh (0)