Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, “muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, tanglik yuzaga kelgan nuqtalar, xususan, Koreya yarim orolidagi vaziyat muhokama etildi”.
Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Tramp yillik matbuot anjumani chog‘ida AQSh salmoqli iqtisodiy natijalarga erishayotganini e’tirof qilgani uchun Putinga minnatdorlik bildirganini ta’kidladi.
Putin va Trampning muloqoti AQSh tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Izoh (0)