Rossiya samolyotlari chet el havo kemalarini to‘xtatib qolish uchun bir haftada to‘rt marta havoga ko‘tarildi, boshqa mamlakatlarning jami 22 ta uchar qurilmalari Rossiya chegaralari bo‘ylab razvedka olib borgan, deb yozadi “TASS” mudofaa vazirligiga tayanib.
Rossiya dengiz chegaralari bo‘ylab esa uchta kema razvedka olib borgan.
Bundan tashqari, ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik mutaxassislar Rossiya hududida Strategik hujumkor qurol-yarog‘larni yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari haqidagi shartnoma doirasida ikkita inspeksiya o‘tkazgan. Rossiyalik mutaxassislar ham ushbu shartnoma doirasida AQShda inspeksiya olib borgan. Yana bir inspeksiyani ular Norvegiya hududida 2011-yilgi Ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash chora-tadbirlari haqidagi Vena hujjati doirasida o‘tkazgan.
Izoh (0)