Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bo‘lajak prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi. Bu haqda uning o‘zi an’anaviy yillik matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Shuningdek, Putin saylovoldi dasturi deyarli tayyor ekanligi, biroq uni keyinroq e’lon qilishini bildirdi. Shtabi rahbari kim bo‘lishi haqidagi savolga esa aniq javob bermadi.
“Yedinaya Rossiya” bosh kengashi kotibi Andrey Turchak partiya Putinga “imzo to‘plash va safarlik kampaniyasida” ko‘mak berishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 6-dekabr kuni 2018-yilgi prezident saylovida qatnashishini e’lon qilgandi.
Izoh (0)