AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashington “Qrim masalasiga qaytmoqchi” ekanligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz Qrim masalasiga qaytamiz. Prezident Putin bu muzokaralar stoli atrofida muhokama qilinmasligiga aniq-ravshan ishora qildi. Qaysidir paytda bu bo‘ladi, ammo hozir biz Ukraina sharqidagi zo‘ravonlikka chek qo‘yishimiz kerak. Qani ko‘ramiz, buni hal qila olarmikanmiz”, — dedi u.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qrim Rossiya tarkibida qolishini va ushbu mavzuni “uzil-kesil yopilgan” deb hisoblash mumkinligini aytgan edi.
Izoh (0)