Irkutsk viloyatining Usolsk tumanida yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya FVV viloyat boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Yong‘in “Arxiyereyevka-3” bog‘dorchilik xo‘jaligidagi dala hovlida ro‘y berdi. Ofatni bartaraf etishda uchta o‘t o‘chirish brigadasi ishtirok etdi. Yong‘in joyidan besh kishining jasadi topildi. Qo‘shnilarga ko‘ra, alangalanish chog‘ida uyda 4 nafar katta kishi va bir bola bo‘lgan.
“Dala hovli egalari — er-xotinning oldiga hodisa arafasida bolalari va nabirasi kelgan hamda tunab qolgandi. Tongga yaqin qo‘shnilar alangani payqab, o‘t o‘chiruvchilarga qo‘ng‘iroq qilgan”, — deyiladi FVV xabarida.
Dastlabki taxminga ko‘ra, yong‘inga elektr isitgichdan foydalanish qoidalarini buzilishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)