Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilandi. Bu yil ilk bor nishonlayotgan ushbu sana "Hosil bayrami" tadbirlari bilan uyg‘un o‘tmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 25 yil to‘ldi. Qo‘shaloq bayramlar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan Toshkent shahriga kelgan agrar sohaning ilg‘or vakillari Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
Izoh (0)