Germaniya sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Martin Shuls 2025-yilgacha Yevropa integratsiyasini chuqurlashtirishga va “Yevropa qo‘shma shtatlari”ni yaratishga chaqirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Federal Yevropani vujudga keltiradigan Yevropa konstitutsiyaviy bitimi zarur”, — dedi Shuls.
Partiya rahbari Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlarga ratifikatsiya uchun bitimni taqdim etish rejalari haqida ma’lum qildi, blokning hujjatdan bosh tortadigan ishtirokchilari esa, siyosatchining fikricha, Yevroittifoqni tark etishi kerak bo‘ladi.
Shuls faqat mustahkamlangan ittifoq Germaniya, Avstriya, Finlyandiya, Fransiya va Niderlandiyada ko‘tarilgan o‘ng millatchilar harakatiga qarshi tura oladi, deb hisoblaydi.
Izoh (0)