Checheniston 10 yil davomida vayronalardan tiklandi. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Vestnik Kavkaza”.
“Biz xalqaro terrorizm guruhlarini tor-mor etdik. Vayron bo‘lgan respublikani 10 yil mobaynida tikladik. Bu vaqt davomida ishsizlik darajasi 76 foizdan 9 foizgacha pasaydi, budjet hajmi ko‘p karra o‘sdi”, — dedi Qodirov.
Checheniston rahbari respublika oldida katta vazifalar turganini ta’kidladi. Jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes, turizm hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarini yangi darajaga olib chiqish talab etiladi.
Izoh (0)